Karnegi Instituti iqlimşunoslari global isiş haqidagi eng qörqinçli taxminlar haqiqat bölib çiqqanini ma'lum qilişdi. Olimlar bir neça ön yillar davomida maxsus sun'iy yöldoşlar yordamida töplangan ma'lumotlarni taqqoslaşdi - haqiqatda xavf uçun asos bor. Don'tPanic şu haqidagi xabari bilan bölişdi.

Mavjud barça iqlim modellari qator parametrlar böyiça taqqoslandi. Tadqiqotçilar Yerda aks etgan quyoş nuri miqdori, Yer issiqligining yöqotilişi va sayyoramiz atmosferasiga kelib tuşuvçi energiyaning umumiy darajasini inobatga olişdi. 

Taxminlarga köra, kelgusi asr boşlariga borib, isiş darajasi ança kötariladi. Taxminan 2100 yilda sayyora iqlimi Tselsiy böyiça 5 darajaga yuqori böladi, bu esa muzliklarning deyarli erib ketişiga olib keladi.