Osloda 2017 yilgi tinçlik uçun Nobel mukofoti Yadroviy qurolni taqiqlaş böyiça xalqaro kampaniyaga (ICAN) topşirildi. Mukofotni topşiriş marosimi Oslo şahar ratuşasida bölib ötdi. 

ICAN nomidan mukofotni uning ijroçi direktori Beatris Fin va 1945 yilda Xirosimaning atom bombardimoni vaqtida omon qolgan Setsuko Terlou qabul qildilar.    

ICAN uşbu nufuzli mukofotga yadroviy qurolni taqiqlaş yölida körsatgan jonbozligi uçun munosib topildi.

Taşkilot 2007 yilda taşkil etilgan bölib, 100 dan köproq davlatning 486 ta jamoatçilik taşkilotini birlaştiradi. 

ICAN ijroçi direktori Beatris Fin marosim iştirokçilari oldidagi nutqida yadroviy qurolni qöllaş xavfi bugungi kunda juda yuqoriligini qayd qilib ötdi.

“Bugungi kunda yadroviy qurolni qöllaş xavfi sovuq uruş oxiridagidan ham yuqoriroq. Biroq sovuq uruşdan farqli ravişda, biz bugun yadroviy qurolga ega bölgan köplab boşqa davlatlar, terrorçilar va kiberhujumlarga töqnaş kelmoqdamiz”, deb aytdi Fin.

“AQŞ qörquvdan köra erkinlikni, Rossiya barbod qilişdan köra qurolsizlantirişni, Britaniya tahqirlaşdan köra qonun ustuvorligini, Fransiya terrordan köra inson huquqlarini, Xitoy mavhumlikdan köra onglilikni, Hindiston ma'nosizlikdan köra ma'noni, Pokiston qiyomat qoyimdan köra mantiqni, Şimoliy Koreya xonavayronlikdan köra donolikni afzal köring”, deb qöşimça qilgan Fin.

Marosimdan oldin Fin olinadigan mukofot puli taşkilot faoliyatiga sarflanişini ma'lum qilgandi. Joriy yilda mukofot puli har bir yönalişda 9 mln şved kronini (1 mln dollarni) taşkil qiladi. Taşkilot BMTning yadroviy qurolni taqiqlaş konvensiyasi istisnosiz barça davlatlar tomondan imzolanişiga erişmoqçi.   

Marosimda, şuningdek, Xirosimaning atom bombardimonini boşidan ötkazgan Setsuko Terlou ham nutq sözladi. 

“Men 13 yoşli qizça bölganimda, yonayotgan vayronalar ostida qolgaç, undan çiqiş uçun kuraşganman. Men nurga qarab harakatlanganman. Va tirik qolganman. Bugun bizning nurimiz – yadroviy qurolni taqiqlaş kelişuvidir. Men bu zaldagi va meni eşitayotgan butun dunyodagi odamlarga Xirosima vayronalarida eşitgan sözlarimni qaytaraman: “Yengilma! Davom et! Nurni körayapsanmi? Unga qarab intil”, deb aytdi Terlou.

Tinçlik uçun Nobel mukofoti Alfred Nobel vasiyatiga köra Osloda, qolgan yönalişlar böyiça mukofotlar Stokgolmda topşiriladi. Nobel mukofoti sovrindorlari har yili 10 dekabr – Nobelning vafot etgan kuni mukofotlanişlari belgilab qöyilgan. Marosim Osloda boşlanib, Stokgolmda davom etadi. Bu yerda adabiyot, fiziologiya va tibbiyot, fizika, kimyo va iqtisodiyot böyiça mukofotlar öz egalariga topşiriladi.