Rossiya Taşqi işlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov Vena şahrida 8 dekabr kuni Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti iştirokçi davlatlari taşqi işlar vazirlari Kengaşining yakunlari böyiça taşkil etilgan matbuot anjumanida Turkmaniston TIV sobiq rahbari Boris Şixmuradovning taqdiri haqidagi savolga javob qaytardi. Bu inson haqida 15 yildan beri aniq ma'lumot yöq.
Turkmen Yurt TV vakili vazirdan Rossiya kuni keça izsiz ğoyib bölgan Galina Kuçerenko va Turkmaniston TIV sobiq rahbari Boris Şixmuradovning taqdirida iştiroki etişi ehtimoli haqida savol bergan.
Sergey Lavrovning ta'kidlaşiça, Rossiya Turkmanistonning «avvalgi hukumatidan» Şixmuradovning taqdiri bilan qiziqqan, biroq, u bu murojaatga qanday javob qaytarilganiga aniqlik kiritmadi.
«Şixmuradov nafaqat Rossiya, balki Turkmaniston fuqarosi ham edi. Ikki fuqaroligi bölgan odam qonun yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan qandaydir ziddiyatga borsa, umumiy qabul qilingan muqobilsiz huquqni muhofaza qiluvçi amaliyotda şu narsa közda tutilganki, uning işi ayni damda bölib turgan davlat qonunlari böyiça körib çiqiladi. Biroq, biz Turkmanistonning avvalgi hukumatidan uning taqdiri haqida qiziqqanmiz, buni rossiyalik fuqarolar bilan qandaydir inqirozli vaziyat yuzaga kelsa, darhol qilamiz», - deya ta'kidlab ötdi u.
«Keça yöqolgan ayol haqida heç narsani bilmayman. Biroq biz özimizga ma'lum bölgan va Rossiyaning istalgan fuqarosi aralaşib qolgan holatlarni heç qaçon e'tibordan çetda qoldirmaymiz, bu jahonning qayerida sodir bölişidan qat'i nazar yuz beradi – Turkmanistonmi, AQŞmi, Yevropa, Osiyo yoki Afrika mamlakatlarimi», - deya aytib ötdi Lavrov.
«Barça yerda turli holatlar yuz beradi. Hozir bizda, afsuski, oçiqlik va butun dunyo böylab sayohat qiliş imkoniyati bilan birga, fuqarolarning ogohlik darajasi pasaymoqda. Agarda men töğri tuşunayotgan bölsam, bu ayol hayvonlarni himoya qiliş böyiça nodavlat iş bilan şuğullanadi? Men barça hamkasblarimdan kerakli ma'lumot berişlarini sörayman. Biz elçiga turkmanistonlik hamkasblarimizdan uni taqdiri haqida ma'lumot oliş böyiça topşiriq beramiz, agarda ular buni bilsa...», - deya xulosa qilgan u.
Boris Şixmuradov Turkmaniston taşqi işlar vaziri lavozimini 1995-2000 yillarda egallagan. Iste'foga çiqqanidan söng u muxolifat safiga ötib ketdi. 2002 yilda uni prezidentga suiqasd qilişda ayblab hibsga olişgan. U umrbod ozodlikdan mahrum etilgan, keyingi taqdiri esa noma'lumligiça qolmoqda.
Hayvonlarni himoya qiliş bilan şuğullanuvçi Galina Kuçerenko esa joriy yilning 7 dekabr kuni izsiz ğoyib böldi. Noma'lum şaxslar guruhi unga tegişli kvartira eşigini buzib kirişgan. Uning ayni damda qayerda ekani noma'lum.
















