Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadan Rossiya qöşinlarini olib çiqişni boşlaşga qaror qilganiga qaramasdan, AQŞ öz qöşinlarini Suriyadan olib çiqmoqçi emas. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi. 

11 dekabrda Oq uydagi brifing davomida Sandersdan “Rossiya qöşinlarini Suriyadan olib çiqişni ma'lum qilganda, AQŞ nima uçun terrorçilar bilan özga yurtda kuraşişni davom ettirişi kerakligi” söralgan. 

“IŞIDning a'zolaridan birortasi Suriyani tark etmagunça, biz oldinga borişni va IŞIDning nafaqat tag-tomiri bilan yöq bölişini, balki jangarilar bu yerlarga qaytmasliklari ortidan kuzatişni istaymiz”, deb javob bergan Sanders.