Bugun, 12 dekabr kuni Avstriyadagi Baumgarten gaz stansiyasida kuçli portlaş sodir bölgaç, yonğin kelib çiqdi. AFP va Bloomberg naşrlari tarqatgan xabarlarga köra, bu hodisa oqibatida 60 kişi jabrlangan va bir kişi halok bölgan.
Portlaş mahalliy vaqt bilan soat 08:45da sodir böldi.
Vaziyat ayni vaqtga kelib nazoratga olingan.
«Vaziyat nazorat ostida. Barça qutqaruv xizmatlari bu haqda xabardor qilingan va voqea joyiga yöllangan. Portlaşdan keyin yonğin sodir bölgan. Hozirça portlaş sababi aniqlanmadi», - deyilgan hab aksiyalari paketiga egalik qiladigan OMV kompaniyasi bayonotida. Kompaniya, şuningdek, hodisa oqibatida bir kişi halok bölganini tasdiqladi.
Bu hodisadan keyin OMV kompaniyasining Vena birjasidagi aksiyalari narxi 1,67 foizga arzonlaşdi (17.6 mlrd yevro).
Ayni vaqtda Avstriyadan janubi-şarqqa gaz yetkazib beriş töxtatilgan. Avstriya diplomatik kanal orqali Slovakiyadan keluvçi gaz quvuri faoliyati ham töxtaganini ma'lum qildi.
Baumgartendagi gaz habi har yili Rossiya va Norvegiyadan 40 mlrd kub. m gaz qabul qiladi. Uşbu Yevropadagi eng yirik gaz hablaridan biri 1959 yilda qurilgan. Bu gaz tarqatiş markazi Germaniya janubi va Italiya şimolini gaz bilan ta'minlaydi. Baumgarten Rossiyaning «Gazprom»i bilan hamkorlik qiladi, uning asosiy xaridorlari Germaniya va Italiya hisoblanadi. Avstriyadagi mijozlarni gaz bilan ta'minlaşda muammolar yöq, ammo Italiyaga gaz yetkazib beriş uzilib qolgan.
Baumgarten habida «keyingi kun» uçun 1000 kub. m gazning narxi 292 dollar edi, ammo endi bu narx bir yarim barobar ortdi va 413 dollarga yetdi. Keyingi kun uçun esa narxlar 537 dollardan hisoblanmoqda.
Qayd etilişiça, gaz uçun bu darajada narxlar kötarilişi oxirgi marta 2013 yil dekabrida Buyuk Britaniyada kuzatilgandi.

















