Badavlat oilalarda dunyoga kelgan bolalarda ixtiroçi böliş imkoni örtaholdan past darajadagi oila farzandlariga nisbatan 10 karra köp ekan. Stenford, Garvard, MIT va AQŞ Moliya vazirligi iqtisodçilari öz tadqiqoti asnosida şu haqida ma'lum qilişdi. Ma'lum bölişiça, demografik guruhlar orasida ixtiroçilar soniga doir katta nomutanosiblik mavjud va bu faqat moliyaviy tengsizlikka taalluqli emas. CNBC şu haqida xabar berdi.

Oq tanli bolalarning ixtiroçi böliş ehtimoli qora tanlilarga nisbatan uç karra köp. 40 yoşli ixtiroçilarning bor-yöği 18 foizigina — ayollar. Rivojlanişning hozirgi bosqiçida gender tenglikka yetişiş uçun 118 yil kerak böladi. Agar ayollar va qora tanlilar, şuningdek noçor oilalardan çiqqan bolalar ham badavlat bolalardagi dastlabki şaroitlarga ega bölişganida edi, ixtiroçilar soni tört barobarga oşar edi. 

Bölğusi kasbga, ayniqsa, atrof-muhit kuçli ta'sir körsatar ekan. Ixtiroçilar orasida yaşovçi bolalar ham katta ehtimol bilan texnik oliygohlarga öqişga kirişadi. Ya'ni, oila va atrofdagi odamlar bola qobiliyatlarining rivojlanişida hal qiluvçi rol öynaydi.

Iqtisodçilar hatto 1,2 million ixtiroçining (1996 yildan 2014 yilga qadar patentga ariza topşirgan kişilar) ma'lumotlarini ham tahlil qilib çiqişdi va oilaviy muhit hatto ixtiro turiga ham ta'sir körsatişini aniqlaşdi. Masalan, Kremniy vodiysida ulğaygan bolalar keyinçalik kompyuterlar bilan boğliq turli devayslar yaratiş bilan şuğullanişadi. Yuqori texnologik tibbiy uskunalar işlab çiqariluvçi Minneapolisda yaşovçi bolalar esa, kelgusida aynan şu sohaga doir patentlarga ariza berişadi. Tadqiqotçilar agar şu bolalarning ota-onalari boşqa şaharga köçib ketişganida edi, bu ularning ixtiroçi böliş imkonini 17 foizga tuşirardi, deya hisoblaşmoqda. 

Şubhasiz, atrof-muhit juda muhim rol öynaydi: badavlat oilalar bolalari muayyan dahalarda istiqomat qilişadi, ma'lum bir maktablarga qatnaşadi, söng muayyan oliy öquv dargohlarida ta'lim olişadi va oxir-oqibat yaxşi haq tölanuvçi işga joylaşişadi — Stenforddagi tadqiqotlar bu dalillarni tasdiqladi. Tadqiqotçilarning sözlariga köra, bunda öqituvçilar (ota-ona yoki ularning döstlari) katta örin tutadi, ular özlari misolida yoşlarga ilhom baxş etişadi va kelgusida ularning kasb tanlaşiga ta'sir ötkazişadi. 

Tadqiqot, şu tariqa asosiy savolga javob beradi: "Qanday qilib davlat miqyosida ilm-fanga bölgan qiziqişni oşiriş mumkin?". Hukumat odatda texnik universitetlarni moliyalaştirişga va soliq imtiyozlarini yaratişga katta e'tibor qaratadi. Biroq AQŞning yetakçi oliygohlari olimlarining fikriça, mentor dasturlar rivojiga mablağ ajratiş undan-da kuçliroq ta'sir körsatgan bölardi.