Avstriyaning Baumgarten şahridagi gaz habida (Baumgarten gaz stansiyasi) kuçli portlaş sodir böldi. Politsiya ma'lumotiga köra, portlaş oqibatida kamida bir kişi halok bölgan va 18 kişi jarohatlangan.
Baumgartendagi gaz taqsimlaş markazi Yevropadagi eng yirik hablardan biri hisoblanadi. Bu markaz orqali Rossiyadan olingan gaz Ğarbiy Yevropaga, jumladan, Germaniya va Italiyaga yetkazib beriladi.
Reuters agentligi Gas Connect Austria operator-kompaniyasi terminalidagi manbaga asoslanib bergan ma'lumotiga köra, bu hodisa Avstriyadagi mijozlarni gaz bilan ta'minlaş jarayoniga ta'sir körsatmaydi, ammo Italiyaga gaz yetkazib berişda muammolar yuzaga kelişi mumkin.
Bloomberg agentligi esa portlaş tufayli Italiya, Xorvatiya va Sloveniyaga gaz yetkazib berişda töxtaliş yuzaga kelgani haqida xabar tarqatdi.
Interfaks agentligi Baumgartendagi portlaş tufayli Ukraina orqali Rossiya gazi yetkazib beriş hajmi uçdan bir qismga pasayib ketişi mumkinligi haqida yozdi.
Portlaş mahalliy vaqt bilan soat 08:45da röy bergan. Quyi Avstriya yeri politsiyasi hodisa yuzasidan tekşiruv işlarini boşlagan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, portlaşga texnik nosozlik sabab bölgan.

















