Isroil qöşinlari HAMASning Ğazo sektoridagi pozitsiyalariga hujum qildi, bu uşbu hududdan Isroil tomonga qarata raketa uçirilganidan söng yuz bergan. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi RIA «Novosti».

«Isroilga qarata uçirilgan raketaga javoban, tank va aviatsiya HAMASning Ğazo sektori şimoliy qismidagi harbiy postlariga hujum qildi», - deya xabar berişgan armiyadan.

Avvalroq Isroil havo hujumiga qarşi mudofaa tizimi Ğazo sektoridan 12 dekabrga ötar tunda uçirilgan raketani tutib olgani xabar berilgandi.