Nyu-Yorkdagi avtovokzal yonida yuz bergan kuçli portlaşning ehtimoliy ijroçisi 27 yoşli Aqoyid Yullaning tergovçilarga ma'lum qilişiça, hujumni AQŞning Suriya va boşqa joylardagi IŞID obektlariga aviazarbalariga javoban amalga oşirgan. Bu haqda The New York Times yozmoqda.
Politsiya xodimlarining sözlariga köra, gumonlanuvçi hujum uçun joyni özining rojdestvo plakatlari yordamida tanlagan.
Ta'kidlanişiça, u Yevropadagi teraktlardan «ilhomlangan».
Tergovçilarning taxminiga köra, u bir özi harakat qilgan, biroq ular boşqa versiyalarni ham örganib çiqişmoqda.
«Mening öylaşimça, u ölişga ham tayyor edi, biz videoda uning simlarni ulayotganini kördik», - deya aytib ötdi huquqni muhofaza qiluvçi organning öz nomini oşkor etişni istamagan xodimlaridan biri.
Avvalroq CNN telekanali huquqni muhofaza qiliş organlaridagi manbaga tayangan holda, Yulla tergovçilarga hujumni «Isroilning Ğazodagi harakatlari» tufayli amalga oşirganini ma'lum qilgani haqida xabar bergandi.

















