Oğriqsizlantiruvçi dori vositalarini tez-tez iste'mol qiliş faqat tobe'likni keltirib çiqarmaydi. Nyukasl Universiteti tomonidan ötkazilgan sönggi tadqiqotlarning körsatişiça, oğriq qoldiruvçi dorilar semizlik, uyqusizlik va gipertoniyaga sabab bölişi mumkin. "Ortodoks" tibbiy portali şu haqida xabar berdi. 

Olimlar 133 ming kişi misolida gabapentin, pregabalin va bir neça oğriq qoldiruvçi opioid vositalar ta'sirini tahlil qilişdi. Ba'zi odamlar oğriqsizlantiruvçi dorilarni kardiopreparatlar bilan birga qabul qilişgan, ba'zilari esa - faqat yurak kasalliklariga qarşi dorilarni. 

Ma'lum bölişiça, birinçi guruhdagi bemorlar ikkinçi guruh bemorlariga nisbatan 95 foizga köp semizlikdan aziyat çekişgan, bel sohasi ölçamlarining oşiş körsatkiçi - 82 foiz, gipertoniya esa 63 foizga köp bölgan. Şu bilan birga, köpçilik uyqusizlikdan şikoyat qilişgan.

Oğriqsizlantiruvçi dori vositalarining salbiy ta'sirlari haqida bundan avval ham gapirilgani bois, olimlar ularning muqobillari ustida faol izlanişmoqda.