Terrorçilik uçun sudlanganlar eng qat'iy jazo, jumladan, ölim jazosiga loyiqlar, deb hisoblamoqda AQŞ prezidenti Donald Tramp.
“Teraktlarni sodir etgan şaxslar qonunda közda tutilgan eng qat'iy jazoga, jumladan, tegişli holatlarda ölim jazosiga loyiqlar. Amerika hamişa terrorçilik va ekstremizmga qarşi qat'iyatlilik bilan kuraşişi kerak”, deb aytilgan Trampning Nyu-Yorkda 11 dekabrda sodir etilgan teraktdan keyingi bergan bayonotida.
11 dekabrda Nyu-Yorkdagi yer osti piyodalar ötiş joyida portlaş sodir etildi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, teraktni sodir etişda Aqoyid Yulla gumon qilinmoqda. U tanasiga mahkamlangan qölbola portlovçi qurilmani harakatga keltirgan. Buning oqibatida gumonlanuvçining özi kuyiş, yaqin oradagi yana 3 kişi yengil jarohatlar olgan. Ma'lum qilinişiça, Yulla AQŞga 2011 yil fevralda migratsiya vizasi bilan kelgan.

















