AQŞ prezidenti Donald Tramp 11 dekabrda Barak Obama tomondan tugatilgan Oy dasturini qayta boşlaş haqidagi körsatmani imzoladi. 

 “Men bugun imzolayotgan direktiva AQŞning Oy dasturi yönalişini özgartiradi, amerikalik fazogirlarni uzoq muddatli tadqiqotlar uçun 1972 yildan ilk bor Oyga qaytarişdagi muhim qadamni anglatadi”, deb aytgan Tramp hujjatning imzolanişi marosimida.  

“Bu gal biz u yerda nafaqat bayroğimiz va izlarimizni qoldiramiz, balki Marsga va ehtimol, qolgan boşqa dunyolarga parvozlar uçun asos yaratamiz”, deb aytgan Tramp. Marosimda NASAning amaldagi va sobiq fazogirlari hamda AQŞ ma'muriyati a'zolari iştirok etganlar.

Prezidentning aytişiça, bu qaror AQŞning koinotda yetakçilik qilişi va qöşimça iş örinlarini ta'minlaşi uçun “ulkan qadam” hisoblanadi.

Tramp hujjatni imzolayotib, “koinot köplab, jumladan harbiy sohadagi tatbiqlarga egaligini” aytgan, biroq tafsilotlarga berilmagan.

Trampning “Birinçi koinot direktivasi”ni imzolaşi 1972 yilda AQŞ ekipajining Oyga “Apollon-17” kemasida oxirgi parvozining 45 yilligiga töğri keldi.

AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama taşabbusi bilan undan avvalgi prezident Kiçik Jorj Buş ma'muriyati tomondan taklif qilingan “Yulduzlar turkumi” dasturi tugatilgan. Bu dastur Oyga parvozlar va keyinroq Marsga uçiş istiqboli bilan unda doimiy baza yaratiş rejalarini öz içiga olgan. Obama vaqtida 2030-yillarda Marsga insonlarning parvoz qilişiga ustuvor vazifa sifatida qaralgan.