Tojikiston va Turkiya boş vazirlari Qohir Rasulzod hamda Binali Yildirim Istanbulda ikki mamlakat örtasidagi tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazişga kelişib oldilar. Bu haqda Tojikiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar qilinişiça, tomonlar uçraşuv davomida mamlakatlar örtasidagi tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkaziş böyiça qat'iy fikrda ekanliklarini tasdiqlaşgan.
Ular tekstil sanoati, gidroenergetika, foydali qazilmalarni özlaştiriş va qöşma sanoat korxonalarini yaratiş sohalarida özaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş katta salohiyatga egaligini alohida qayd etib ötişgan.

















