AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uydagi harbiy byudjyetni imzolaş marosimi çoğida Suriya va Iroqda IŞID terrorçilik guruhi ustidan ğalaba qozonilganini ma'lum qildi. Bu haqda Oq uy saytida e'lon qilingan xabarda aytiladi.
«Biz Suriyada ğalaba qozondik, Iroqda ğalaba qozondik, biroq ular boşqa tumanlarga tarqalmoqda. Biz ularni qanday tezlikda tarqalayotgan bölsa, şunday tezkorlik bilan ta'qib etmoqdamiz», - deya aytib ötdi Tramp mudofaa byudjyetini imzolaş marosimida.
Tramp 2018 yilga mamlakat mudofaa byudjyetini imzoladi. Harbiy maqsadlarga qariyb 700 milliard dollarni yönaltiriş möljallanmoqda.
Pentagonning bazaviy byudjyeti 626 milliard dollarni taşkil etadi, yana 66 milliard dollar AQŞning xorijdagi harbiy amaliyotlarini qöllab-quvvatlaşga sarflanadi.
Rossiya Boş ştabi 6 dekabr kuni Suriya hududi IŞID jangarilaridan ozod etilgani haqida xabar berdi. Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiy esa 9 dekabr kuni mamlakat IŞIDdan butunlay ozod qilinganini ma'lum qildi.

















