Germaniyaning FA Wind taşkiloti GFR yil oxirigaça şamol elektrstansiyalarini örnatiş böyiça rekord örnatadi. FA Wind hisob-kitoblariga köra yil oxirigaça mamlakatda 5,9 GVtdan 6,2 GVtgaça bölgan şamol quvvatlari foydalanişga topşiriladi.
Umuman 2017 yil 1 yanvaridan 30 sentabrgaça GFRda 1430 ta şamol turbinasi örnatilgan. Ularning quvvati 4,160 GVtni taşkil etadi. Yangi qurilmalarning qariyb çorak qismi Quyi Saksoniyaga joylaştirilgan.
ReNews xabariga köra turbinalarning aksariyati rekonstruksiya çoğida örnatilgan. Ötgan oylar mobaynida 5516 MVt lik uskunalar işga tuşirilgan. Bunda hukumat 2017-2019 yillar oraliğida atigi 2,8 GVt körsatkiçga erişişni rejalaştirgan edi.
Raqamlarga murojaat qilinsa, ŞES Germaniyadagi qayta tiklanuvçi elektr manbalaridan energiya işlab çiqarişda eng katta uluşni taşkil etadi. Sönggi ma'lumotlarga köra, bir yilda şamol elektrstansiyalari 94 TVt*s elektr energiyasi işlab çiqqan. Taqqoslaş uçun bioyoqilği 44 TVt*s, quyoş panellari — 38 TVt*s elektr energiya işlab çiqargan.

















