Özbekistonda bolalar mehnatiga barham berildi va majburiy mehnatning istalgan şakliga yakun yasaş möljallanmoqda. Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) ekspertlari şunday xulosaga kelişdi, deb xabar bermoqda BMT yangiliklar Markazi.
XMT ma'lumotlariga köra, jamiyatda mehnatga majburlaşni, ayniqsa, gap bolalar haqida ketayotgan bölsa, qabul qilmaslik böyiça tuşunça ösib bormoqda. XMTdan ta'kidlaşlariça, joriy yilda hosilni terib oliş şaffoflik va muloqot, jumladan, fuqarolik jamiyati şaroitida ötkazildi.
Xalqaro mehnat taşkiloti vakillari butun mamlakat böylab yurib, 3 ming nafar terimçi, mahalliy hokimiyatlar vakillari, pedagoglar va tibbiyot xodimlari bilan yakkama-yakka suhbatlaşişdi. Bundan taşqari, ular yana ming nafar insonga qönğiroq ham qilişgan.
Aniqlanişiça, hukumat bolalarni paxta terimiga tizimli ravişda majburlaş amaliyotini yöqotgan va bu işga odamlarni faqat köngilli asosda jalb etiş haqida körsatma bergan. Ular maktab öquvçilari, talabalar, öqituvçilar va tibbiyot xodimlarini paxta terimiga majburlaşni taqiqlaşdi. Hosilni köngilli ravişda terib olmoqçi bölganlar esa, joriy yilda oşirilgan maoşni olişdi – XMT va Jahon banki tavsiyalariga muvofiq.
Yiğim-terim mavsumi boşlanişidan avval Xalqaro mehnat taşkiloti ekspertlari 6300 iş beruvçi uçun maxsus öqitiş tadbirlarini ötkazişdi. Tadqiqot davomida aniqlanişiça, odamlar, umuman olganda, majburiy mehnat naqadar qabul qilib bölinmaydigan narsa ekanini tuşunişmoqda, biroq bu boradagi tarğibot-taşviqot işlarini davom ettiriş kerak, deya hisoblaşgan XMTdagilar. Masalan, ba'zi tumanlarda iş beruvçilar bepul işçilarni yöqotganliklari uçun tovon puli talab qilişmoqda, bu, XMT vakillarining fikriça, noma'quldir.
«Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning sentabr oyida Nyu-Yorkda ötgan Boş Assambleyadagi nutqi röy beradigan özgarişlardan, şuningdek, paxta terimida köngilli asosda iştirok etiş siyosatini amalga oşiriş böyiça keyingi çora-tadbirlardan dalolat berdi, ular milliy darajada qabul qilindi», - deyiladi XMTning matbuot relizida. Noyabr oyida Argentinada bölib ötgan bolalar mehnatini yöq qiliş böyiça Global konferensiyada hukumat bu sohada fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik qiliş majburiyatini oldi. Öşandan beri faollar bilan bir neça uçraşuvlar ötkazildi.

















