AQŞ prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olişi ortidan HAMAS harakati uçinçi intifoda boşlangani haqida e'lon qildi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati rahbari Abdulatif Alkan ma'lum qilgan.

«Biz AQŞ öz qarorlarini bekor qilişi uçun unga bosim ötkaziş maqsadida uçinçi intifoda boşlangani haqida e'lon qilamiz», — deya Alkanning sözlarini keltirgan.

Uning sözlariga köra, Ğazo sektorida  intifoda boşlanişi arafasida norozilik kayfiyati kuçaygan.

«Bu uçinçi intifoda», — deya qöşimça qilgan Alkanu.

Intifoda «isyon» ma'nosini anglatib, Isroil tomonidan egallab olingan Falastin yerlarini qaytarib olişga qaratilgan jangovar harakatlarni anglatadi. Bu harakat doirasida Iordan daryosining ğarbiy sohili va Ğazo sektoridagi (2005 yili Isroil bu hududdan butunlay çiqib ketgandi) Falastin arablarining Isroilga qarşi qurolli kuraş olib borişadi.

Birinçi intifoda 1987 yilnig 9 dekabrida boşlangan. Intifada 1993 yil avgustida Osloda Isroil va Falastin ozodlik taşkiloti örtasida kelişuv tuzilişi bilan yakunlangan, 1994 yili bu kelişuv asosida Falastin milliy muxtoriyati tuzilgan.

Ikkinçi intifoda 2000 yilning sentabrida boşlangan. 2002 yil martida Isroil içkarisida, Yahudiya va Samariyada teraktlar sodir etilgan. Intifoda çöqqisi 2002 yilning 27 martiga, Pasxa bayrami keçasiga töğri keladi. Öşa kungi terakt oqibatida 30 kişi halok bölib, 140 kişi jarohatlangandi. Harakat 2002 yil aprelidan intifoda pasaygan va kiçik teraktlar bilan kifoyalangan.