Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning aytişiça, u öz davlatini “dunyodagi eng kuçli yadroviy va harbiy davlat”ga aylantiriş maqsadini öz oldiga qöygan. Koreya markaziy telegraf agentligining ma'lum qilişiça, u bunday bayonot bilan mudofaa sanoati işçilari qurultoyida çiqqan.

“Oliy yetakçi mudofaa sanoatini rivojlantiriş uçun bajarilişi zarur bölgan uzoq muddatli maqsadlar, strategik vazifalarni belgilab berdi. U şuningdek davlatimizni yanada yuksaltiriş va uni dunyodagi eng kuçli yadroviy va harbiy davlatga aylantirişga körsatma berdi”, deb aytilgan xabarda.

Kim Çen In strategik qurollar, şu jumladan atom va vodorod bombalari, “Xvason-15” qit'alararo ballistik raketasini yaratişdagi muvaffaqiyatlarni “partiya va xalqning tarixiy ğalabasi” deb atagan. Uning ta'kidlaşiça, Şimoliy Koreyaning hozirgi mudofaa sanoati istalgan turdagi qurolni mustaqil yarata olişga qodir.