Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga taşrif buyurdi.
ÖzA xabariga köra, oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bölgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qöydi.
«Mamlakatimizning boş maydonida qad rostlagan Mustaqillik va ezgulik monumenti Özbekiston tanlagan yöl – mustaqillik, tinçlik va taraqqiyot timsolidir. Uşbu monument teran ma'no-mazmuni, ğoyaviy-badiiy yeçimi bilan Özbekistonning tinçliksevar siyosatini, xalqimizning bunyodkorlik va farovonlik yölidagi ezgu intilişlarini özida ifoda etadi», deyilgan xabarda.
Sooranbay Jeenbekov Mustaqillik maydoni tinçlik, döstlik va ezgulikni tarğib qilişda, özbek xalqining buyuk kelajakka işonçini mustahkamlaşda muhim ahamiyatga ega me'moriy majmua ekanini alohida ta'kidladi.

















