Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov 13 dekabr kuni rasmiy taşrif bilan mamlakatimizga keldi. 

ÖzA xabariga köra, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. 

Oliy darajadagi uçraşuv va muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi davlatlararo aloqalarning bugungi holati va yanada rivojlantiriş istiqbollari, çegaraoldi hamkorlik masalalari, ayrim mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qiliş rejalaştirilgan. 

Taşrif yakunlari böyiça davlat rahbarlarining Qöşma bayonoti, turli sohalardagi özaro munosabatlarni yanada mustahkamlaş va kengaytirişga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanişi kutilmoqda.