Joriy yilning 13 noyabridan iş boşlagan Kompleks test markazi (KTM) xorijda, jumladan, Koreya Respublikasida işlaş istagida bölgan hamyurtlarimiz uçun qulaylik yaratiş maqsadida öz faoliyatini boşlagan. Bu mamlakatda mehnat faoliyatini oşiriş uçun EPS-TOPIK malakaviy imtihonlaridan ötiş zarur. Buning uçun dastlab koreys tilini örganiş talab qilinadi. Koreys tilida öqiş va muloqot qila olişiga işongan yurtdoşlarimiz öz bilimlarini aynan Kompleks test markazida sinovdan ötkazişlari mumkin. Ta'kidlaş joizki, Koreya Respublikasi tomonidan qöyilgan talabga köra, Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali vaqtinçalik mehnat faoliyati bilan şuğullaniş uçun Ye-9 va Ye-10 viza turlari böyiça mazkur davlatga yuborilib, 5 yil davomida uşbu mamlakatda mehnat faoliyatini yuritib, Özbekistonga qaytib kelgan fuqarolar EPS-TOPIK test sinovlariga kiritilmaydi.

KUN.UZ muxbiri 13 dekabr kuni Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bölim boşliqlari M.Azizov va A.Axmatov, Fuqarolarni xorijda işga joylaş bölimi va Axborot xizmati mutasaddi xodimlari, Koreya Inson resurslari markazining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Park Su va Kompleks test markazi rahbari V.Tsoylarning Koreyada işlaş niyatidagi fuqarolarni röyxatga oliş, test sanasini band qiliş va test sinovidan ötkaziş jarayoniga bağişlangan matbuot anjumanida bergan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

Agentlik orqali Janubiy Koreyaga ketiş hamda u yerda mehnat faoliyatini yuritiş istagida bölgan fuqarolar uçun asosiy – EPS-TOPIK test sinovlarini topşirişdan avval Koreyada işlaşga talabgorlar koreys tilini biliş darajalarini sinovdan ötkazib olişlari uçun Kompleks test markazi dastlabki KTM test sinovlarini ötkazadi.

Faqat KTM test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlargina Koreyada işlaş uçun topşiriladigan EPS-TOPIK test sinovlariga kiriş huquqiga ega bölişadi.

KTM test sinovlarini topşirgan va talab qilingan şaklda öz rasm va pasportini yuklamagan barça fuqarolar öz Anketasini oxirigaça töldirişi va unga rasmlarini va pasportning skaner qilingan şaklini yuklaşi zarur.

EPS-TOPIK test sinovlarini topşiriş uçun pasportning skan qilingan şakli (majburiy şart: 600 piksel ölçamda skan qiliş zarur, faylning oğirligi 100kb hajmdan ortib ketmasligi zarur) va öz rasmini elektron şaklda (majburiy şart: hajmi 3,5x4,5sm jpg formatda va ölçami 100 dan 300 pikselgaça, fayl oğirligi 15kb hajmdan ortib ketmasligi zarur) taqdim etişi lozim.