Kaspiyböyi davlatlari rahbarlari sammiti Ostonada bahorda bölib ötadi. Unda Kaspiy dengizining huquqiy maqomi töğrisidagi konvensiya loyihasi körib çiqiladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Rossiya prezidentining Kaspiy mintaqasi mamlakatlari bilan gumanitar hamkorlik masalalari böyiça maxsus vakili Ramazon Abdulatipovga tayangan holda.

"Kaspiyböyi davlatlari rahbarlari sammiti kelasi yili Ostonada bölib ötadi, bahorda. TIV yönalişi böyiça muvofiqlaştiruv olib borilmoqda", - deya aytib ötdi Abdulatipov.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov Kaspiyning huquqiy maqomi böyiça konvensiya ustidagi iş deyarli yakunlangani, konvensiya loyihasi Kaspiyböyi davlatlari rahbarlariga tasdiqlaş uçun taqdim etilişi, ular esa Qozoğistonda kelasi yilning birinçi yarimda uçraşişlari mumkinligi haqida ma'lum qilgandi.

Kaspiy dengizining huquqiy maqomini aniqlaş masalasi SSSR parçalanib ketganidan söng dolzarb ahamiyat kasb etdi. Ozarboyjon, Qozoğiston va Turkmaniston kabi xalqaro huquq sub'yektlarining paydo bölişi Kaspiyga beş mamlakat da'vogarlik qilişiga olib keldi. Kaspiy maqomini aniqlaştirişning murakkabligi, xususan, uni köl va yoki dengiz deb tan olinişi bilan boğliqdir, buni va çegaralarni belgilaş esa xalqaro huquqning turli qoidalari bilan tartibga solinadi.