"Arselor Mittal Temirtau" korxonasining norozilik aksiyasini ötkazayotgan konçilari soni 12 dekabr kuni 684 kişiga yetdi. Ular yer ostida qolişmoqda va tepaga çiqişdan boş tortişmoqda.
"Hozirda sakkizta kon, 684 kişi norozilik aksiyasini ötkazmoqda", - deya xabar berdi Qozoğiston mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Tamara Duysenova.
Konçilar iş haqini ikki barobarga oşiriş va 50 yoşda pensiyaga çiqiş, şuningdek, kasallik vaqtidagi tölovni töla hajmda amalga oşiriş va şahardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaşni talab qilişmoqda. Ularning fikriça, şaharda hozirda faqat “pivaxonalar va supermarketlar” bor.
Şuningdek, ular kon egasi, hindistonlik milliarder Lakşmi Mittal bilan uçraşuv taşkillaştirilişini talab qilişmoqda. "U band odam, buni tuşunamiz, biroq aloqa vositalari bor-ku, hozir XXI asr. U buni aloqa vositalari yordamida ham qilişi mumkin. Skayp, onlayn televideniye bor. Ma'lum bir odamni tanlaş kerak – u savol beradi, Mittal ularning bariga javob qaytaradi, şuning özi, xolos", - deya aytişgan ular.
Konçilar har bir kondan öz vakillarini kompaniya xodimlari bilan muzokaralar ötkaziş uçun yuborişgan. "Katta taşabbus guruhi işlamoqda: işçilarning 32 vakili iş beruvçi bilan muzokaralar ötkazmoqda", - deya tasdiqlagan vazir.
Norozilik aksiyasida iştirok etayotgan konçilarning hamkasblari konda bölganlar bilan muzokaralar olib borişdi. "Kondagi yigitlarning aytişiça, ular qaror qabul qilinmagunga qadar çiqişmaydi", - deya tuşuntirgan ular. Norozilik aksiyasini ötkazayotganlar uçun konga suv va ovqat tuşirilmoqda, biroq ular u yerda yana qança qolişlari – hozirça noma'lum.
















