«PSJ» hujumçisi Neymar Fransiya Ligasi Kubogi doirasida «Strasbur»ga qarşi keçadigan öyinni ötkazib yuboradi.
Parijliklar jamoasi boş murabbiyi Unai Emeri ma'lum qilişiça, 25 yoşli forvard oilaviy masala tufayli Braziliyaga yöl olgan.
«Şanba kuni ertalab u menga qönğiroq qildi va qandaydir oilaviy işi çiqib qolganini aytdi. U mendan Braziliyaga ketişga ruxsat söradi, aytişiça, bu uning uçun juda muhim emiş», – deya Emerining sözlarini keltirgan ESPN.
U ayni vaqtda Parijga qaytib kelgan, ammo «Strasbur»ga qarşi öyin qaydnomasiga kiritilmagan. Yuri Berçiçe esa diskvalifikatsiya tufayli maydonga tuşmaydi.
Şuningdek, uşbu öyinda jamoa himoyaçilari Tiago Silva va Leven Kurzava, xavbeklar Adriyen Rabo va Tiago Motta ham jarohat tufayli öynamaydi.
«Strasbur» – «PSJ» uçraşuvi 13 dekabr kuni ötkaziladi. Biroz avvalroq, çempionat doirasida ham uşbu jamoalar uçraşgandi va öşanda parijliklar mavsumdagi ilk mağlubiyatni qabul qilib olişgandi.
Şu yilning yozida 222 million yevro evaziga Parijga kelgan Neymar «Barselona»ning öyinlarini ham bir neça marta qarindoşlarining tuğilgan kunlariga ketgani uçun ötkazib yuborgandi. Qolaversa, u «PSJ»da jamoadoşlari va murabbiy bilan yaxşi munosabatlar örnata olmayapti. Ayni vaqtda unga «Real»dan jiddiy qiziqiş borligi haqida xabarlar tarqalgan.

















