KXDR yetakçisi Kim Çen Inning ma'lum qilişiça, şimoliy koreyalik olimlar hamda işçilar “yadroviy kuçlarni sifat va son böyiça mustahkamlaş” uçun “eng yangi qurol va uskunalarni” işlab çiqarişda davom etadi, deb xabar bermoqda Reuters Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayangan holda.
KXDR yetakçisi bunday bayonot bilan Hwasong-15 qit'alararo ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan ötkazilgani munosabati bilan taşkil etilgan tantanali marosim çoğida çiqiş qildi. Uning ma'lum qilişiça, “şu tariqa bizning davlatning butun dunyodagi qudrati va kuçi yana bir karra körsatib berildi”.
Kim Çen In raketani yaratiş va sinovdan ötkaziş jarayonida iştirok etgan barçani şaxsan özi medallar bilan taqdirlagan.
Şuningdek uning ma'lum qilişiça, KXDR köproq turli xil qurollarni işlab çiqarişi kerak.
Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR AQŞga oid bayonot bilan çiqqani xabar berilgandi. KXDRning BMTdagi doimiy vakolatxonasi AQŞ va uning ittifoqçilari Şimoliy Koreya bilan «siyosiy va harbiy qarama-qarşilikda» mağlub bölişgani haqida ma'lum qildi.

















