National Geographic jurnali tahririyati sayohat qiliş uçun eng qiziqarli joylar röyxatini tuzdi. 

Reyting mualliflari 1-öringa Efiopiyadagi Xarar şahrini qöyişdi. Bu yerga kelişga botina oladigan sayyohlarni 82 ta masjid, ajoyib qahva kutib qoladi. Şuningdek, keçasi şaharga sirtlonlar oralaydi.  

Foto: CNN.com

2-öringa Argentinadagi Jujuy viloyati qöyildi. Bu yerning öziga jalb qiluvçi joyi YuNeSKOning Jahon merosi obektlari röyxatiga kiruvçi Kebrada-de-Umauaka vodiysi hisoblanadi. Manzarali toğlar bilan öralgan bu vodiyda azaldan odamlar yaşab kelgan. Ular bu yerda miloddan 9 ming avval yaşaşni boşlaşgan.

Foto: Dreamstime

Mutaxassislar 3-öringa Gruziya poytaxti Tbilisini loyiq topişdi. Ularning fikriça, bu şahar arxitekturaviy uslublarining turfaligi, xinkali (milliy taom) va mahalliy odamlarning mehmondöstligi uçun kelişga arziydi.

Foto: BS tourism

4- va 5-öringa Avstraliyaning Sidney va Meksikaning Oaxaka ştati qöyildi. Şuningdek, yetakçi öntalikdan Vena, Havayidagi Oaxu oroli, Malme, Iordaniya va Dublin joy oldi.