Qozoğistonda yoşlar örtasida ötkazilgan xalqaro turnirda özbekistonlik boksçilar mamlakat şarafini munosib himoya qildi.

Pavlodar şahri mezbonlik qilgan uşbu nufuzli turnirda Qozoğiston, Özbekiston, Rossiya va Qirğizistondan kelgan çarm qölqop ustalari ön vazn toifasida özaro raqobatlaşişdi.

Musobaqada vazni 81 kilogramm bölgan özbekistonlik boksçi Jamşid Xudoyberganov barça raqiblarini mağlubiyatga uçratib, şohsupaning eng yuqori poğonasiga kötarilgan bölsa, 91 kilogrammda Iqboljon Murodovga heç kim teng kela olmadi. Şuningdek, vazni 91 kilogrammdan oğir bölgan boksçilar örtasida hamyurtimiz Temur Ataboyev terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni keltirdi.

Finalga qadar bölgan janglarda zafar quçgan Asadbek Şodiboyev va Navo Tamazov öz vazn toifalarida kumuş medalga sazovor böldi. 52 kilogramm vazn toifasida Temurbek Dehqonov bronza medalni qölga kiritdi.

Şu tariqa Özbekiston terma jamoasi 3 oltin, 2 kumuş va 1 bronza medal bilan umumjamoa hisobida ikkinçi örinni egalladi.