Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 13 dekabrda Istanbulda ötayotgan Islom hamkorlik taşkiloti sammitida AQŞning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olişi qarori Falastin-Isroil ixtilofini hal qilişga salbiy ta'sir qilişi va qayta körib çiqilişi kerakligini aytdi.    

“AQŞ prezidenti Donald Trampning Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinişi va u yerga AQŞ elçixonasining köçirilişi qarori bizda xavotir uyğotmoqda. Bu qaror Falastin-Isroil ixtilofini adolatli va har tomonlama hal qilişga salbiy ta'sir qiladi, u Yaqin Şarq uçun xavfli oqibatlarga olib kelişi mumkin. Fikrimizça, AQŞ bu qarorini qayta körib çiqişi lozim”, deb aytgan Aliyev.