YeI ma'muriy markazi Bryussel şahri 14-15 dekabr kunlari YeI davlat va hukumat rahbarlarining ikkita sammitiga mezbonlik qiladi. Birinçi uçraşuv YeI tarkibidan çiqayotgan Buyuk Britaniya iştirokisiz bölib ötadi. U hamjamiyatning joriy muammolariga bağişlanadi. Kun tartibida muhojirlik masalalari, NATO bilan harbiy tuzilmaviy hamkorlik dasturini rivojlantiriş mavzusi muhokama etiladi. 

Bundan taşqari taşqi siyosat muammolari, xususan GFR kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Donbassdagi vaziyat böyiça hisoboti tinglanadi. Şu asosda Rossiyaga nisbatan sanksiyalar uzaytiriladi. 

Uşbu anjumanda AQŞning öz elçixonasini Qudsga köçiriş qaroridan söng Yaqin Şarqda vaziyatning keskinlaşuvi hamda KXDR atrofidagi vaziyat ham muhokama qilinadi. YeI yetakçilari, şuningdek iqtisodiy masalalar, şu jumladan yevro hududini kuçaytiriş va uni boşqariş mexanizmlari, Yevropa valyuta jamğarmasini taşkil etiş masalasi körib çiqiladi. 

Ikkinçi sammitda Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey ham iştirok etadi va u butunlay Birlaşgan Qirollikning YeI tarkibidan çiqişi (Brexit)ga bağişlanadi. Davlat rahbarlari muzokaralarning birinçi bosqiçi yakunlanganini tasdiqlaşlari va ikkinçi bosqiç boşlanişiga ruxsat berişlari kerak.