Jahon banki 2019 yildan neft va gaz konlarining geologiya qidiruv işlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş töxtatilişi haqida ma'lum qildi, bu iqlim özgarişi bilan boğliq xatarlar oşib borayotgani tufayli röy beradi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» Jahon bankining Parijdagi One Planet Summit sammitida tarqatilgan xabariga tayangan holda.

Ayni damda Jahon bankining rivojlanayotgan mamlakatlar neftgaz sohasi uçun kreditlari kredit portfelidan 1-2 foizni taşkil etadi, ularning umumiy hajmi esa 280 mlrd dollardan köproqqa teng.

Bank öta favqulodda holatlardagina qaşşoq mamlakatlarda neftgaz loyihalarini kreditlaş imkoniyatini körib çiqişi mumkin, bu agarda aholining kam ta'minlangan qatlami elektr energiyasidan bemalol foydalanişiga imkon bersa, loyihalarning özi esa 2015 yildagi iqlim böyiça Parij bitimga zid bölmasa amalga oşadi.

Jahon banki 2010 yilda kömir IES va ular bilan boğliq bölgan loyihalarni kreditlaşni töxtatdi.

Jahon banki xabarida ta'kidlanişiça, u tez özgarayotgan jahon şaroitlarida iş uslubini qayta körib çiqiş zarurati paydo bölganini körmoqda. 2020 yilga kelib kreditlaşning 28 foizi iqlim özgarişiga qarşi kuraşişga yönaltiriladi.

Bozordagi umumiy qiymati 6,3 trln dollardan ortiqni taşkil etuvçi 237 kompaniya uglevodorodlardan qaramlik darajasi ança past bölgan iqtisodiyotga ötiş böyiça yangi taşabbusni qöllab-quvvatladi, deya ma'lum qilgan Angliya banki rahbari Mark Karni Parijdagi konferensiyada.