“Yangi kuçlar ruxi” partiyasi yetakçisi Mixail Saakaşvilining sözlariga köra, unda boş vazir lavozimida mamlakatda muvaffaqiyatli islohotlarni amalga oşiriş böyiça aniq reja bor.
Gruziya sobiq prezidenti va Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakaşvilining aytişiça, Ukraina hukumatiga rahbarlik qilişga qarşi emas. "Yangi kuçlar harakati" partiyasi yetakçisining Ukrainadagi qator OAVga xabar berişiça, unda boş vazir lavozimini egallab turib, Ukrainada 70 kun içida muvaffaqiyatli islohotlarni amalga oşiriş mumkinligini isbotlab beruvçi maxsus işlab çiqilgan strategiya bor. Şu bilan birga, siyosatçining rejasidan davlat apparati xodimlarini uçdan ikki qismga kamaytiriş böyiça aniq takliflar ham joy olgan. Saakaşvili boş vazir lavozimini tark etganidan söng esa Odessa meri lavozimni egallaşni xohlamoqda.
- Agarda men muvaffaqiyatli boş vazir bölsam, keyin Odessaga borib, şu yerning meri ham bölmoqçiman. Men hazillaşayotganim yöq, bu haqiqat. Men Odessani rivojlantirişni juda istayman, - deya ta'kidlab ötdi Saakaşvili.
Eslatib ötamiz, Ukraina hukumati Mixail Saakaşvilini jinoiy taşkilotlar iştirokçilariga kömak körsatiş va jinoyatlarni yaşirişda ayblamoqda, biroq Kiyevning Peçersk tuman sudi uni hibsga olişdan boş tortdi va ozodlikka çiqardi. “Yangi kuçlar harakati” partiyasi yetakçisi Ukrainadagi “tizimni özgartiriş” maqsadida hukumat bilan kuraş olib borişga va'da berdi.

















