23 dekabrdan Bişkek-Toşkent va Toşkent-Bişkek aviareyslari haftasiga ikki martadan amalga oşiriladi, 2018 yildan esa Öş-Toşkent hamda Toşkent-Öş aviareysi tiklanadi. Bu haqda Qirğiziston transport va yöllar vaziri Jamşidbek Kalilov Özbekistonga amalga oşirilgan taşrif yakunlari böyiça jurnalistlarga aytib ötdi.

Uning sözlariga köra, Qirğiziston tomoni 2 ta aviareysni va Özbekiston tomoni 2 ta aviareysni amalga oşiradi.

Keyingi yildan Toşkent-Bişkek-Baliqçi temir yöl reysi yölga qöyiladi, bu mavsumiy reys böladi, köproq turistlarga möljallanadi, deya qöşimça qilib ötdi u.

«Avtotransport böyiça Qirğiziston mintaqalari va Özbekiston viloyatlari örtasida muntazam yölovçi yönalişlarini tiklaş imkoniyati körib çiqilmoqda. 2018 yildan mamlakatlar örtasida yuk taşuvlari böyiça ham işlar tiklanadi. Taşuvlar uçun içki tariflarni tartibga keltiriş böyiça muzokaralar olib borildi, bu bizning taşuvçilar uçun muhim holat. Bu hozirda mamlakat şimolidan janubiga olib ötilayotgan deyarli barça yuklardir. Özbekiston tomonidan Qirğiziston-Xitoy-Özbekiston temir yöli qurilişi loyihasiga katta qiziqiş bildirmoqda, 25 dekabrda 3 davlatdan bölgan ekspertlar Toşkentda şu masala böyiça uçraşuv ötkazadilar. Ular hattoki loyihaga moliyaviy jihatdan ham qöşilişlari mumkinligini aytişdi. Biz özimizning yönaliş variantida qolmoqçimiz, bugungi kunda qiymat 5 milliard dollardan köproqni taşkil etadi», - deya xabar berdi u.