Turkiyaning “Bujaspor” klubi himoyaçisi Abdulloh Balikuv braziliyalik futbolçi Roberto Karlosning burçakdan darvozaga kiritgan maşhur golini takrorlay oldi. Futbolçi uşbu golni Turkiya kubogining 1/16 finalida “Sivasspor” darvozasiga kiritdi. 

Balikuv uşbu golni uçraşuvning 3-daqiqasidayoq kiritgan. U çap qanotdan hujumga qöşilib, raqib darvozasi tomon bexato zarba yöllay olgan. 

Roberto Karlos özining maşhur golini Madridning “Real” klubi safida deyarli 0 gradusli burçakdan “Tenerife” darvozasiga kiritgandi.