Gaz eksportçisi bölgan Turkmaniston valyutani tartibga soliş çoralarini yanada kuçaytirdi, deb xabar bermoqda Reuters davlat banklari xodimlariga tayangan holda. Bu mamlakatda valyuta yetişmovçiligi muammosi yanada çuqurlaşişi mumkinligidan darak beradi.
Mamlakat aholisi gaz eksporti hajmi qisqartirilganidan söng, rasmiy almaştiriş kursi böyiça bir dollar uçun 3,5 manat darajasida naqd xorijiy valyutani sotib oliş imkoniyatidan mahrum böldi.
Qora bozorda dollar 9,3-9,5 manatlik darajada sotilmoqda, noyabr boşida esa bu körsatkiç 8,2-8,5 manatga teng edi.
Ba'zi fuqarolar çeklovlarni bank kartalari yordamida çetlab ötişni boşlaşdi, ular kartadagi milliy valyutada bölgan pullarni Visa kartalariga ötkazişmoqda – bunday tranzaksiya rasmiy kurs böyiça amalga oşiriladi – hamda ularni xorijda naqdlaştirib olişmoqda.
Biroq Turkmanistonning ikki davlat bankidagi kassirlarning Reuters’ga joriy haftada xabar berişlariça, bu ötkazmalar böyiça oylik limit ikki barobarga kamaytirildi, 500 dollargaça.
Noyabr oyida Turkmaniston banklari MasterCard hamda Visa kartalaridan naqd pullarni yeçib oliş böyiça sutkalik limitni 50 dollargaça pasaytirişdi, maksimal tölovlar hajmi esa – 200 dollargaça.
Banklarning ba'zi mijozlari avvaliga yangi çeklovlarni Visa Inc tölov kartalari operatori joriy etgan deb öylaşdi, biroq kompaniya matbuot xizmati turkmanistonlik kreditorlar bilan iş şartlarini özgartirmaganini ma'lum qildi hamda mamlakatdagi tranzaksiyalar hajmini oçiqlaşdan boş tortdi.

















