Mançester universiteti va BAE Systems Magma UAV noyob uçuvçisiz uçar qurilmasini sinovdan ötkazişning navbatdagi bosqiçini yakunladi. Dron zamonaviy samolyotlar uçun odatiy bölgan yopqiçlarga hamda qanotning boşqa mexanizatsiyalariga ega emas, bu unga şu toifadagi uçuvçisiz uçar qurilmalar orasida eng “payqalmaydigan” böliş imkonini beradi, deb xabar qilmoqda Advance.
Qanot yopqiçlari bölmagani sabab reaktiv uçuvçisiz uçar qurilmani boşqarişda ikki texnologiya yordam beradi. Birinçisi – bu Wing Circulation Control bölib, dvigatel işidan gazlar oqimini qanotning orqa yuzasiga yönaltiradi. Bu oqimni tartibga soladi, uçuvçisiz uçar qurilmani qöşimça mexanizmlardan foydalanmay turib boşqariş mumkin. Boşqa bir texnologiya ham bor: Fluidic Thrust Vectoring, u havo oqimini gazlarni çiqaruvçi vektorni boşqarişda işlatadi, bu esa tortuvçi kuç taşqi vektorini yaratişi lozim. Şuningdek bu qöşimça boşqariş imkoniyatini ham taqdim etadi.
Şu tariqa, britaniyalik muhandislar uçuvçisiz uçar qurilma konstruksiyasida istalgan harakatlanuvçi mexanik detallardan foydalanmaslikning uddasidan çiqişdi. Bu uning radiopayqaliş darajasini kamaytirib, deyarli ideal josuslik qurilmasiga aylantiradi. Britaniyalik mutaxassislarning işonç bildirişiça, texnologiya sinovlardan muvaffaqiyatli ötsa, mexanizatsiyalangan qanotni yaratiş texnologiyasi boşqa uçar qurilmalarga ham ötkazilişi mumkin.

















