Venesuela savdo-sanoat palatalari federatsiyasi va uyuşmalari prezidenti Karlos Lasarrabalning bayonot berişiça, mamlakat iqtisodiyotning giperinflyatsiya bosqiçiga kirdi. 

"Bu taşvişli, çunki u barçamizni sarmoyadan mahrum etadi. Prezident esa inflyatsiya kuçayişiga turtki beradigan likvidlik hajmini har yili 900 foizga oşirmoqda", — deya Lasarrabal sözlarini keltiradi Nacional naşri. 

Uning sözlariga köra, bu vaziyatda hukumat biznesga narxlarni 50 foizga arzonlaştirişni talab qilib qöşimça zarba bermoqda. Bu köplab tadbirkorlarning kasodga uçraşini anglatadi. 

Lasarrabalning aytişiça, qişloq xöjaligiga ham şu tarzda zarar yetkazişmoqda. "Hozir biz avvalgi ekinlarning 60 foizini ekayapmiz, xolos", – deya qayd etgan tadbirkor. Uning ma'lum qilişiça, xom aşyo sohasida ham işlab çiqariş hajmi 60-70 foizga tuşib ketgan. 

Bir neça kun avval muxolifatdagi Milliy assambleyaning moliya komissiyasi 2017 yilning 11 oyligi yakunlari böyiça töplangan inflyatsiya darajasi 1300 foizdan oşganini, yil yakuni böyiça 2000-2100 foizni taşkil etişini bildirgan edi.