Özbekistonning yalpi içki mahsuloti ösişi 2017 yil yanvar-sentabr oylarida 5,3 foizni taşkil etgan yoki 170 trln sömdan iborat bölgan. Bunda YaIM şakllanişida qaysi tarmoq hissasi katta va hududlar örni qanday, degan savol tuğiladi. Xalqaro Press-klub sessiyasida ayni şu masalaga ham izoh berildi. Statistika qömitasi Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boşqarmasi boşliği Aziz Mamirovning bildirişiça, YaIM şakllantirilişida hududlar hissasi nuqtai-nazaridan olib körilsa, Toşkent şahri yetakçilik qilmoqda. Sohalar böyiça esa, xizmat körsatiş birinçi örinda.
“Hisobot davrida YaIM tarkibida eng yuqori ösiş sur'atlari xizmat körsatiş sohasida qayd etildi. Iqtisodiyot tarmoqlari yalpi qöşilgan hajmining yarmidan ortiği mana şu sohaga töğri keldi. U ötgan yilning şu davriga nisbatan 6 foizdan köproqqa ösib, YaIM ösişidagi hissasi 3,3 foiz punktni taşkil etdi. Sanoat YaIM tarkibining 25 foizini egallagan. Uning iqtisodiy ösişga ta'siri 1 foiz punktdan iborat böldi. Qişloq xöjaligi YaIM tarkibida 16 foizni taşkil etdi va uning YaIMdagi ösiş hissasi uluşi 0,6 foiz punktni taşkil etdi”, - dedi Aziz Mamirov.

U respublika yalpi içki mahsulotida hududlarning örniga ham töxtalib ötdi. Mamirovning sözlariga köra, bunda hududlar kesimida yalpi içki mahsulotga qöşilgan hissa örganiladigan bölsa, Toşkent şahri 15,5 foizli körsatkiç bilan yetakçilik qilmoqda. Toşkent viloyatining bu boradagi natijasi 10,8 foizni, Samarqand viloyatining yalpi içki mahsulotidagi uluşi 7,2 foizni taşkil etmoqda. Qaşqadaryo viloyatining hissasi esa 7,1 foizni taşkil etdi.
“Respublika yalpi içki mahsulotini şakllantirişda Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasi eng kam uluşga ega bölmoqda. Sirdaryo viloyatining yalpi içki mahsulotidagi uluşi 1,9 foizni, Jizzax viloyatining uluşi 2,5 foizni, Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston hissasi 3,4 foizni taşkil etdi”, - dedi Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boşqarmasi boşliği.
















