Mustaqil fikrlaş mavjud ğoyalarni inkor qiliş kerakligini nazarda tutmaydi. Uning mohiyati qaror qabul qilişga tanqidiy yondaşişda.

1. Yodingizda bölsin, heç bir aqida haqiqatni töliq aks ettira olmaydi

Odamlar odatda öz mamlakatlarida keng tarqalgan an'analar va qaraşlarga rioya qilişadi. Bu an'analar va qaraşlar qanday xulq-atvor töğri hisoblanişi va yaxşi yaşaş qanday bölişini belgilab beradi. Biroq siz birgina madaniy yoki ğoyaviy tizim ta'siriga tuşib qolsangiz, fikrlaş doirangiz juda tor bölib qoladi

Bryus Liga Xitoy falsafasi katta ta'sir körsatgan va u Ğarbga Şarq qadriyatlarini yetkazişga harakat qilgan. Şunday bölsa-da, u bir an'ana bilan çeklaniş mumkin emasligini doim anglab yetgan va hayotiy xulosalariga keliş uçun turli madaniyatlar ğoyalarini uyğunlaştirgan.

Har qanday dogma özini özi haq deya e'tirof etadi. Biroq tarixga murojaat qilsak, ularning har birida ijobiy fazilatlar bilan bir qatorda kamçiliklar ham borligini köramiz.

Odamlar odatda faqat tasodif tufayli muayyan dogmaga rioya qilişadi: çunki bu dogma ular tuğilib ösgan joyda keng tarqalgan va ularning atrofida töğri, deya hisoblanadi.

Foto: Getty Images

Bu köpçilik rioya qiluvçi qaraşlarga umuman işoniş mumkin emas degani emas. Şunçaki öylaş va ehtiyotkor böliş kerak. Har bir madaniyat va mafkura nimagadir örgatişi mumkin, asosiysi — heç biri haqiqatni töliq aks ettirmasligini unutmaslik.

Bir intervyuda Bryus Lidan özini kim deb hisoblaşi haqida söraşgan - xitoylikmi yoki amerikalik. "U ham, bu ham emas, — deya javob berdi u. — Men özimni inson deb hisoblayman".

2. Intellektual işonçni rivojlantiring

Agar qandaydir ğoya uzoq vaqtdan buyon mavjud bölsa, demak, buning uçun arzirli sabab bor. Şuning uçun inson mavjud dogmaning bir qismini rad etiş uçun intellektual darajada öziga işongan bölişi kerak. Siz dogmani qabul qiliş yoki inkor etişingiz sababini haqiqatda yetarli deb hisoblab, sizni yöldan adaştirmayotganiga işonç hosil qilişingiz kerak.

Bryus Li özining jismoniy xususiyatlariga bölgan işonçi intellektual işonçidan kelib çiqqan, deb hisoblagan. U öz aqlini rivojlantiriş natijasida ega bölgan işonçi tufayli fikrlaş tarzi va xatti-harakatlariga işona olardi.