Yevropa davlatlari yetakçilari 14 dekabrda 2019 yil örtasigaça – Yevroparlamentga yangi saylovlar ötişi kerak bölgan sanagaça 2018-2019 yillarda Yevropa Ittifoqini rivojlantirişning ustuvor vazifalari haqidagi qöşma deklaratsiyani imzolaşdi. Bu haqda Yevrokomissiya saytida ma'lum qilingan. 

Deklaratsiyada rivojlanişning asosiy yönalişlari belgilab olingan: fuqarolarning xavfsizligini yaxşiroq ta'minlaş, migratsiya siyosatini javobgarlik va hamjihatlik ruhida isloh qiliş va rivojlantiriş, ishcizlik darajasini pasaytiriş, iqtisodiyot va investitsiyalaşning ösişi, Yevropa Ittifoqining ijtimoiy siyosati, yagona raqamli bozorni joriy qiliş, energetik ittifoqni şakllantiriş va iqlim özgarişiga qarşi kuraş böyiça uzoqni közlovçi siyosat, Yevropa Ittifoqi hududida qonuniy demokratiyani rivojlantiriş. Şuningdek, Yevropa qadriyatlari saqlanib qolişi, moliyaviy firibgarliklar va kibertahdidlarga qarşi kuraşiş ham muhimligi ta'kidlab ötilgan.     

“Qöşma deklaratsiya bu bizning quruq va'dalar bermasligimizga va'damizdir. Bu bizning Yevropa oldida turgan muammolarning aniq yeçimlarini izlaş böyiça yaqin 18 oyda jadal işlaşga sodiqligimiz belgisidir”, deb aytgan Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker.