«AiF» şarhlovçisi Georgiy Zotov Özbekistondagi hayotni kuzatib, bu yerdagi öziga xos jihatlarga alohida töxtalib ötdi hamda öz fikrlarini suratlar bilan birga taqdim etişga qaror qildi.
Siz Özbekistondasiz, agarda...

1. Pul almaştirişga plastik paket yoki ryukzak bilan borayotgan bölsangiz. Keyin pullarni bankomatga solgan kabi ularga joylaysiz. Bu hali vaziyatning yaxşilangani, zero avval bunday "sayohat" uçun avtomobil yukxonasi kerak bölardi. Özbekistondagi eng yirik kupyura — 50 000 söm, ya'ni taxminan 360 Rossiya rubli. Almaştirgan pullaringizga yoki "ön mingtalik", yoki "beş mingtalik" beriladi.

2. Siz pullarni "qora bozor"da almaştirib, vaqti-vaqti bilan jinoyat sodir etayotgan bölsangiz. Avval Özbekistonda ikki xil valyuta kursi bölgan — banklarda va köçadagi valyutafuruşlarda (ular rubllarni banklardan ikki barobar qimmatga olişdi). Banklar sayyohdan valyutani xarid qilişi mumkin, biroq sotiş - yöq, şuning uçun qinğir yöl bilan valyuta almaştiriş istagida bölganlar u qadar köp emas. 2017 yilning sentabridan kurs "qora bozor"ga tenglaştirildi. Agarda AQŞ dollari hamma joyda bitta kursda sotilsa/sotib olinsa, Rossiya rublini (rasmiy kurs - 136 söm) banklar turliça baholaşadi - qayerdadir 110 bölsa, yana qayerdadir - 100.
3. Özingiz bilan birga olib kelgan pullarni jismonan sarflay olmasligingizni anglab yetayotgan bölsangiz. Törtta idişda katta-katta qöy göşti bölaklari - 200 rubl, salatlar - 30 rubldan, 3-4 kilometrlik qisqa masofalarga taksi - 25-35 rubl, muzlatgiçga suvenir-magnit - 37 rubl, bozordagi qovun - 20 rubl, Toşkentdagi aeroportdan taksi - agar savdolaşişga erinsangiz, 230 rubl.



















