Rossiya Federatsiya kengaşi juma kuni bölib ötgan yiğilişda RF prezidentligi uçun bölib ötadigan saylovlarni 2018 yilning 18 mart kuniga belgiladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, qaror bir ovozdan qabul qilingan.

Şu tariqa mamlakatda saylovoldi prezidentlik kampaniyasiga rasmiy start berildi hamda da'vogarlar röyxatdan ötiş va taşviqot işlarini boşlaş imkoniyatini qölga kiritişdi.

Ta'kidlanişiça, Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovlari muddatini belgilaş majburiyati mamlakat Federatsiya kengaşiga konstitutsiya bilan yuklatilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 6 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yilgi prezident saylovida iştirok etişini ma'lum qildi. Putin Nijniy Novgoroddagi Gorkiy avtomobil zavodi taşkil etilganiga 85 yil tölişi munosabati bilan ötkazilayotgan tadbirda çiqişi vaqtida bu haqda rasman aytdi.

Şuningdek, Rossiya prezidenti keça, 14 dekabr kuni bölib ötgan katta matbuot anjumanida vaqtida özining saylovoldi dasturi deyarli tayyorligi, unda esa infratuzilmani rivojlantiriş, soğliqni saqlaş, ta'lim va rossiyaliklar daromadini oşirişga e'tibor qaratilişi haqida ma'lum qildi.

Bundan taşqari, navbatdagi prezidentlik saylovlarida iştirok etiş rejasi borligi haqida RLDP yetakçisi Vladimir Jirinovskiy, teleboşlovçi Kseniya Sobçak, “Yabloko” partiyasi asosçilaridan biri Grigoriy Yavlinskiy, siyosatşunos Andrey Bogdanov va “Biznikilar” harakati ta'sisçilaridan biri Boris Yakemenko aytib ötdi. "Adolatli Rossiya" va Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi nomzodlarni ilgari suriş masalasini öz qurultoylarida hal etadi. Bundan taşqari, jurnalist Yekaterina Gordon, "Avanti" assotsiatsiyasi rahbari Raxman Yansukov, "Ayollar muloqoti" partiyasi yetakçisi Yelena Semerikova, tadbirkor Sergey Polonskiy ham öz nomzodini qöyişni möljallagan.