Surxondaryo viloyatidagi serunum 100 gektar maydonda taşkil etilgan issiqxonalarda qişni çillasi yaqinlaşib qolganiga qaramay, qulupnay, karam, pomidor va turli kökatlar yetiştirilmoqda. Hayratlanarlisi şundaki, noyob navdagi qulupnay va pomidorlarning ta'mi özgaça, kattaligi va oğirligi ham mahalliy meva va sabzavotlardan farq qiladi. KUN.UZ muxbiri GDF Agro firmasiga qaraşli issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanişişga qaror qildi. 

Ayni paytda issiqxonaning 80 gektar qismi işga tuşiş arafasida bölib, kelgusida 20 gektar maydonda işni taşkillaştiriş uçun quriliş işlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Rejaga muvofiq, 80 gektar maydondagi issiqxona bölmalari Janubiy Koreyada işlab çiqarilgan texnika va quriliş aşyolari bilan jihozlanadi. Qolgan qismi esa xitoylik tadbirkorlarning muvaffaqiyati negizida barpo etilgan. 

«Har bitta issiqxona örtaça hisobda 1,3 gektar maydon yerda taşkil etilgan. Qulupnaylarning barçasi Turkiya texnologiyasi asosida, gidroponika usulida yetiştirilmoqda. Mevani erkin rivojlanişi uçun tag yeri (kokopet) ham Turkiya Respublikasidan keltirilgan. Yerga ekilgan ösimlikdan 45–50 kun içida hosil oliş imkoniyati bor. Qulupnay novdasi erkin şaroitda uzun ösib ketişi kuzatiladi, bizning agronomlar bunday holatda köçatlarni nazoratda saqlab turişi lozim. Negaki, katta köçatda hosilning mazasi yöqolib, şakli buzilişi mumkin», deydi işlab çiqariş kompleks rahbari Fazliddin Jörayev. 

Kompleks rahbari Fazliddin Jörayev

Surxondaryo iqlimi issiq kontinental nuqtaga yaqin bölgani uçun yoz kunlari havo qizib ketişi tez-tez kuzatiladi. Korxona mutasaddilari mintaqaning bunday öziga xosliklarini hisobga olib, issiqxona şiftiga harir parda boğlagan. Şuning bilan quyoş nurlari tösilib, maxsus suv purkagiçlar orqali mikroiqlim yaratiş imkoniyati paydo böladi. Qişin yozin issiqxonalar içida harorat 25 darajada uşlab turiladi.