6 dekabr kuni Rossiya Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov Suriyada IŞID guruhi butunlay yakson etilgani va jangarilar qölidagi hududlar ozod etilganini e'lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11 dekabr kuni Suriyaning Xmeymim şahrida joylaşgan bazaga bordi. U Suriyadagi Rossiya harbiy kontingentining asosiy qismini ortga qaytarişga buyruq berdi. 

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya 2015 yildan buyon Suriyada nimalar qildi?

Noyabr oyidayoq Rossiyada yil oxiriga qadar Suriyadagi harbiy amaliyotlar yakunlanişi haqida gapira boşlaşgandi. 20 noyabr kuni Rossiyaning Soçi şahrida Putin va Başar Asad örtasida muzokaralar bölib ötdi va unda harbiy kampaniya yakunlangani e'lon qilinganidan keyin taşlanadigan qadamlar muhokama etildi.

«Juda yaqin vaqt içida asosiy vazifalar yakunlanadi. Ammo terrorizm ustidan töliq ğalaba haqida aytiş uçun hali uzoq», degandi öşanda Putin.

Foto: The Times

Keyingi kuni, 21 noyabr kuni esa Putin Soçida Eron va Turkiya rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi. Buni öziga xos tarzda «Ğoliblar uçraşuvi», deb ham ataş mumkin edi. Bu uçraşuvda ham siyosatçilar Suriya istiqbolini muhokama qilişgan. Öşanda Suriya hukumati kuçlari mamlakatning «98 foizlik hududida nazorat örnatgani» haqida aytilgandi.

Ular bir ovozdan Suriyadagi masalalarga boşqa davlatlar qonuniy prezident Başar Asadning ruxsatisiz aralaşmasligi kerakligi haqida ma'lum qilişdi.

«Qarşilik körsatişda davom etayotgan terrorçilik öçoqlari mavjud. Ammo bizning harbiy-kosmik kuçlarimiz ularni ham yöq qiladi», degandi Putin.

Putinning Suriyaga taşrifi va kontingentni qisqartirişga buyruq berganidan keyin aviaguruhlar va harbiylarning katta qismi Rossiyaga qayta boşladi.

Rossiya harbiylari ketişmoqda, ammo ular qolişadi ham. 

Xalqaro ekspertlarning baholaşiça, bu qaror Vladimir Putin Rossiya prezidentligi uçun navbatdagi saylovoldi kampaniyasi boşlaşi bilan boğlaşmoqda. U 6 dekabr kuni navbatdagi saylovda ham qatnaşmoqçiligi haqida ma'lum qilgandi.