Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.
Farmonda mamlakat töqimaçilik sanoatining izçil rivojlanişiga tösiq bölayotgan qator tizimli muammolar sanab berilgan.
Respublika töqimaçilik sanoatining jadal rivojlanişini ta'minlaş, yuqori sifatli va raqobatbardoş tayyor mahsulotlar işlab çiqarişni kengaytiriş, uni yirik xorijiy bozorlarga yanada ilgari suriş, şuningdek, 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izçil amalga oşiriş maqsadida uşbular töqimaçilik sanoatini yanada isloh qilişning muhim yönalişlari etib belgilanmoqda:
1). Töqimaçilik sanoatining iqtisodiyotdagi uluşini oşiriş, mamlakatda işlab çiqarilayotgan töqimaçilik mahsulotlarining, eng avvalo, yuqori qöşilgan qiymatli raqobatbardoş töqimaçilik mahsulotlarini yuqori texnologik işlab çiqarişga qayta yönaltiriş orqali hajmi va sifatini oşiriş;
2). Töqimaçilik sanoatining boşqaruv tizimini ilğor menejment texnologiyalari, tarmoq korxonalariga har tomonlama kömaklaşiş va qöllab-quvvatlaşning, şu jumladan ularning rivojlanişiga tösqinlik qiluvçi muammolarni hal etişda samarali şakllarini joriy etgan holda tubdan qayta körib çiqiş;
3). Töqimaçilik sanoati sohasidagi standartlaştiriş va sertifikatlaştiriş tizimini xalqaro talab va standartlarga uyğunlaştiriş, şuningdek, mahsulotlar sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qiliş va akkreditatsiyadan ötkaziş orqali yanada takomillaştiriş;
4). Tarmoqqa töqimaçilik mahsulotlari mahalliy va xorijiy bozorlarining holati hamda rivojlaniş tendensiyalari haqidagi işonçli va öz vaqtida axborotlar olişni ta'minlaş imkonini beruvçi ilğor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş, tarmoq rivojlanişining ustuvor yönalişlarini aniqlaş maqsadida uni tizimli va kompleks tahlil qiliş;
5). Paxta xom aşyosini yetiştirişdan boşlab, unga dastlabki işlov beriş, mahsulotni paxta tozalaş korxonalarida keyingi qayta işlaş va yuqori qöşilgan qiymatli tayyor töqimaçilik mahsuloti çiqariş bosqiçigaça bölgan işlab çiqarişni integratsiya qilişni nazarda tutuvçi rivojlanişning klaster modelini amalga oşiriş;
6). Xom aşyo resurslari taqsimotining mutanosibligi va taşkil etilayotgan tarmoq korxonalarining logistika va muhandislik infratuzilmasini rivojlantiriş bilan özaro uzviy boğliqlikda, şu jumladan köp funksiyali transport-logistika xablarini quriş, yuklarni yetkazişning optimal yönalişlari hamda yölaklarini tanlaş, şuningdek, transportda yuk taşiş tariflarini optimallaştiriş orqali joylaşuvini ta'minlaş;

















