Tojikistonda vazirliklar va qömitalar xodimlari uçun yagona kiyim şakli joriy etiladi, unda u yoki bu idoradan ekanini bildirib turuvçi maxsus emblema ham böladi. Bu haqda «AP» mamlakat hukumatidagi manbaga tayangan holda xabar bergan.
Mamlakat Madaniyat vazirligidagi manba ma'lumotlariga köra, vazirlik milliy yönalişdagi ayollar kiyimi modellari uçun eskizlar tayyorlagan.
«Bizning loyihada alohida idoralar uçun yagona formani tayyorlaş böyiça vazifa bölmagan, qömitalar va vazirliklar özlari uçun mos keladigan kiyim şaklini tanlaşlari mumkin», - deya xabar qilişgan vazirlikdan.
Şu bilan birga, «AP»ning mamlakat hukumatidagi manbasi sözlariga köra, taxminlarga qaraganda, prezident devoni xodimlarida dengiz tölqini rangidagi kiyim formasi böladi.
Milliy yönalişdagi kiyimlarga keladigan bölsak, ayollar kiyimi modellarining bunday eskizlari uçta idora tomonidan tayyorlangan – Madaniyat vazirligi, Ayollar va oila işlari böyiça Qömita hamda TR hukumati huzuridagi yoşlar işlari böyiça Qömita. Biroq, «AP» manbasi ma'lumotiga köra, ular Tojikiston prezidenti tomonidan tasdiqlanmagan, şu sababdan mualliflariga qayta işlaş uçun qaytarilgan.
Hozirda esa eskizlarga ega albom ustida maxsus işçi guruh iş boşlaş arafasida turgani aytildi.

















