15 dekabr kuni Özbekiston delegatsiyasi Moskva şahrida bölib ötadigan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Iqtisodiy kengaşining 76-yiğilişida iştirok etadi. Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, Boş vazir örinbosari, Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov Özbekiston delegatsiyasiga rahbarlik qiladi.
Kengaş yiğilişi vaqtida MDH mamlakatlari iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalarini, şu jumladan kun tartibiga kiritilgan Hamdöstlikka a'zo mamlakatlar Hukumat rahbarlari kengaşining keyingi yiğilişini muhokama qilişadi.

















