Zimbabvening yangi prezidenti Emmerson Mnangagva Ğarb davlatlarini sobiq prezident Robert Mugabe hokimiyati davrida Zimbabvega qarşi kiritilgan sanksiyalarni bekor qilişga çaqirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
“Biz mamlakat rivojlanişiga ziyon yetkazgan siyosiy va iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilişga çaqiramiz. Biz yakkalaniş yaxşi narsaga olib kelmasigini va maqsadga muvofiqmasligini anglaymiz, çunki özaro hamkorlik, hamjihatlik bilan köp narsaga erişiş mumkin”, deb aytgan Mnangagva “Zimbabvening Afrika milliy ittifoqi” partiyasi yetakçilari oldidagi çiqişida.
Mnangagva, şuningdek, 2018 yil sentabrda ötadigan prezidentlik saylovlari qoidabuzarliklarsiz ötişiga va'da berdi. “Hukumat saylovlar işonç qozonadigan, adolatli va erkin bölişi uçun barça işni qiladi”, deb aytgan Mnangagva.
Mnangagva, şu bilan birga, saylov kutilayotgandan avvalroq ham yuz berişi mumkinligini aytgan.
Ğarb davlatlari Zimbabvening yetakçi partiyasi, hukumatini diktatura, demokratiya va erkinlikni buzişda ayblab, ularga va bir qator davlat kompaniyalariga qarşi sanksiyalar kiritgan. Yevropa Ittifoqi bu davlatga qarşi kiritgan sanksiyalarini 2014 yilda bekor qilgan, biroq AQŞ sanksiyalarni saqlab qolgan.

















