Facebook ijtimoiy tarmoği tadqiqotçilarining tan olişiça, ijtimoiy tarmoqda yangiliklarni köriş odamga zarar yetkazişi mumkin, deya xabar qilingan kompaniya blogida.
Facebook ijtimoiy tarmoğining tadqiqotçilari Devid Ginzberg va Moyra Burke «Murakkab savol: ijtimoiy tarmoqda ötkazilgan vaqt bizga zarar yetkazişi mumkinmi?» sarlavhali maqolada yangiliklar lentasini sustlik bilan körib ötiriş odamlarning ruhiy soğliğiga salbiy ta'sir körsatişi mumkinligi haqidagi xulosaga kelingan.
«Umuman olganda, odamlar ma'lumotlarni sustlik bilan qabul qiliş jarayoniga köp vaqt ajratişsa, ular ana şundan keyin özlarini yomon his etadilar», - deyiladi maqolada.
Miçigan universiteti talabalari orasida ötkazilgan tajriba esa misol tariqasida keltirildi. Ba'zilaridan ön daqiqa davomida yangiliklar lentasini öqişni söraşgan bölişsa, boşqalardan – postlar joylaştiriş hamda döstlar bilan muloqot qiliş söraldi. Birinçi guruhdagi talabalarning kayfiyati kun oxiriga kelib ikkinçi guruh qatnaşçilariga qaraganda ança yomonlaşgan.
Bundan taşqari, xabar qilinişiça, «örtaça statistik foydalanuvçiga nisbatan havolalar orqali boşqa sahifalarga ötgan yoki örtaça foydalanuvçiga qaraganda postlarga ikki bora köproq layklar bosgan» odamlarning ruhiy holati ança yomonroq bölgan.
Facebook tadqiqotçilarining taxminiga köra, «boşqa odamlar haqida onlayn öqiş salbiy ijtimoiy taqqoslaşlarga olib kelişi mumkin».
Biroq kompaniya foydalanuvçilarni Facebook’da köproq vaqtni ötkazişga çaqirmoqda, masalan, eski döstlar bilan muloqot qiliş, kiçik guruhlarda munozaralar olib boriş yoki döstlar bilan kontentni töğridan-töğri almaşiş – tadqiqotçilarning fikriga köra, bular foydalanuvçini baxtliroq qilişi mumkin ekan.

















