Juma kuni Yevroittifoq hamda Buyuk Britaniya Brexit yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarni keyingi bosqiçga çiqişni rejalaştirmoqda. Ammo, hanuzgaça savdo-sotiq va şu kabi moliyaviy masalalarda aniq bir töxtamga kelinmagan.
Reuters'ning xabar berişiça, Bryussel sammitining ikkinçi kunida YeI yetakçilari "sezilarli natijalarga" erişganini ta'kidlagan. E'tirof etilişiça, britaniyaliklarning fuqarolik huquqi, Irlandiya bilan özaro ma'muriy çegaralar, Buyuk Britaniyaning YeI oldidagi majburiyatlariga aniqlik kiritilgan.
Yevropa Kengaşi prezidenti Donald Tuskning aytişiça, Brexit yuzasidan muzokaralar ikkinçi bosqiçga kötarilgan.
"Britaniyaliklar öz tanlovi yölida eng yaxşi jamiyatga erişişi uçun biz qöldan kelgan barça imkoniyatlarni işga solamiz. Şu bilan birga, Yevropa bozori va xavfsizligi haqida qayğurişimiz lozim. Çegara va huquqlarimiz doimo xavfsiz bölişi, özgalar tomonidan hurmat qilinişi kerak", deydi prezident.

















