Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Nukus şahrida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari va faollari bilan uçraşuv ötkazdi. Unda şu kungaça bajarilgan işlar tanqidiy tahlil qilinib, barça sohalarni rivojlantiriş böyiça kelgusi ikki yilda amalga oşiriladigan ustuvor yönalişlar va dolzarb vazifalar belgilab berildi. 

Uçraşuvda iştirok etgan KUN.UZ manbasining ma'lum qilişiça, respublikaning Taxtaköpir tumani 100 foiz çorvaçilik hududiga aylantiriladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev ma'lum qilgan. Qayd etilişiça, uşbu tumanda endi paxta umuman ekilmaydi. Bu işlarga esa 500 milliard söm miqdorida mablağlar ajratiladi.

Ta'kidlanişiça, bu 2018 yilda göşt mahsuloti narxini 50 foizga arzonlaştiriş uçun qilinmoqda. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Musa Yerniyazovga Taxtaköpir tumani böyiça vaziyatni örganib çiqiş uçun 10 kun muhlat berilgan.

Şuningdek, manbaning xabar berişiça, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq musiqali drama teatriga akademik teatr maqomi berildi. Bu yil uşbu teatrning 90 yilligi nişonlanişi ta'kidlangan.